13
qarashlar
qarashlar
Rossiya prezidenti Federal Majlisga qilgan murojaatida G‘arb davlatlariga zarba berish bilan tahdid qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qo‘shin yuboradigan davlatlar nishonga olinishidan ogohlantirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Rossiya prezidenti shu tariqa Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotiga izoh berdi. Makron Yevropa va NATOning ayrim davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishini istisno etmagandi. Putin bunga munosabatida G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi oldingi urushlarini esladi.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, bu haqiqatan ham yadro qurolidan foydalanish bilan bog‘liq konfliktga, jumladan, sivilizatsiyani yo‘q qilishga tahdid soladi.
Comments
0 comment