15
qarashlar
qarashlar
Rossiya prezidenti xorijda rus tili targ‘ibotini moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29-fevral kuni Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Putin hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, u rusofobiya haqida ham gapirib, bu boshqa irqchilik, milliy ustunlik kabi kishini “ko‘r va aqldan mahrum qilishi”ni aytdi.
Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, MDH mamlakatlari rahbarlari 2023-yilda tilga ko‘ra kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligini taʼkidlab, rus tilini targ‘ib qilishga vaʼda bergan. Qo‘shma bayonotda, shuningdek, internetning rus tilidagi segmentiga kirishni osonlashtirish qayd etilgan.
Comments
0 comment