qarashlar
Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi.
O‘zbekiston 2021-yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani tarixiy voqea bo‘ldi va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shug‘ullanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarida nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Lekin 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yo‘g‘i 43 mingtasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydi.
Comments
0 comment