menu
“Pobeda” aviakompaniyasi Moskva va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Qatnovlar har kuni Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 3-apreldan boshlab Moskva va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, muntazam yo‘lovchi qatnovlari har kuni Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Moskva—Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg —Samarqand— Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

“Pobeda” Rossiyaning “Aeroflot — Rossiya havo yo‘llari” guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya bo‘lib, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida (Moskva) joylashgan.

2023-yilning aprelida “Pobeda” Moskvadan Samarqandga qatnovlarni yo‘lga qo‘ygandi. Sentyabr oyida aviakompaniyaga  Yekaterinburg— Samarqand—Yekaterinburg va Novosibirsk—Samarqand—Novosibirsk yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!