menu
Pentagon AQSH G‘azoga jami 180 mln dollar miqdorida yordam berganini ma’lum qildi
Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Isroilga o‘z pozitsiyasini, ya’ni “G‘azo sektorining tinch aholisini himoya qilish zarurligini” bildirgan

AQSH G‘azo sektori aholisiga 180 million dollarlik insonparvarlik yordami yetkazib berdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder “Al-Qahira al-Ixbariya” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Qo‘shma Shtatlar allaqachon G‘azo sektoriga 180 million dollarlik yordam ko‘rsatgan va biz quruqlikdagi yo‘laklarni yordam yetkazib berish uchun eng mos deb hisoblaymiz”, — deb ta’kidladi u.

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Isroilga o‘z pozitsiyasini, ya’ni “G‘azo sektorining tinch aholisini himoya qilish zarurligini” yetkazishga harakat qilmoqda.

Misr televideniyesi bilan suhbat chog‘ida Rayder mojaroni G‘azo sektoridan tashqariga kengayishi masalasini ham ko‘tardi va xususan, Amerika ma’muriyati hozirda “Livan va Isroil o‘rtasidagi mojaroning kuchayishiga yo'l qo'ymaslik uchun mintaqaviy sheriklar bilan hamkorlikda ishlamoqda”, deb ta'kidladi.

“AQSH Yaqin Sharqda 7-oktyabrdan beri kuchayib borayotgan keskinlikdan o'ta xavotirda va ularni har tomonlama jilovlashga harakat qilmoqda”, — dedi Patrik Rayder.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!