menu
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi
Paralimpiya qo‘mitasi, tegishli sport federatsiyalari, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi assotsiatsiya tarkibiga kiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida monomarkazlarda nogironligi bo‘lganlar taʼlim olishi uchun qulay muhit va zarur infratuzilmani yaratib, ularga stipendiya to‘lash tartibini joriy qilish topshirildi.

Nogironligi borlar kasanachilik va hunarmandchilik asosida yaratgan mahsulotlarini elektron platforma orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi borlarni ishga qabul qilish topshirildi.

Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bog‘chadagi taʼlim dasturini qayta ko‘rib chiqish, maktablarni inklyuziv taʼlimga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Nogironligi bo‘lganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qo‘mitasi, tegishli sport federatsiyalari, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi assotsiatsiya tarkibiga kiradi. Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shug‘ullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini o‘tkazib boradi.

Avvalroq ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarida nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilingandi. Prezidentga ko‘ra, xodimlarining 50 foizida nogironlik bo‘lgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!