qarashlar
O‘zbekiston Davlat statistika agentligi 2024-yilning mart oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 30 200 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (28 600 so‘m) va Xorazm (27 200 so‘mdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 19 900 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — osh narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiruvchi “Palov indeksi” 2020-yilning yanvaridan joriy etilgan. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirishda respublikaning barcha hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqiladi. Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi belgilanadi.
Comments
0 comment