qarashlar
Shavkat Mirziyoyev hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini taʼkidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.
Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb eʼtirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi.
Yig‘ilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.
Bu orqali, yana 60 ming ehtiyojmand aholi ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi, ularga qarayotgan 3 ming kishi o‘qitiladi.
Hozirda nafaqa olayotgan, lekin mehnat qilib, daromad olish istagida bo‘lgan 660 ming aholi uchun zarur sharoitlar yaratilishi ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Comments
0 comment