menu
O‘zbekistonda Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh fuqarolar mukofotlandi
Prezident farmoni bilan mukofotlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh fuqarolarni mukofotladi. 21-mart kuni prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.

Unda qayd etilishicha, ular O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p asrlik an’analarni asrab-avaylash, fuqarolar orasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun mukofotlandi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

“Do‘stlik” ordeni bilan

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

“Jasorat” medali bilan

“Sog‘lom turmush” medali bilan

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

“Shuhrat” medali bilan

 O‘zbekistonda 2020-yildan buyon 22-mart kuni Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!