menu
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi
Bundan avval to‘rt kunlik ko‘tarilishdan keyin tushgandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, dollar 7,75 so‘mga pastlab, 12 503,11 so‘m bo‘ldi. Yevro 22,83 so‘mga oshib, 13 630,89 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,13 so‘mga tushib, 137,68 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan keyin tushib, 12 510,86 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl ko‘tarilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!