menu
O‘zbekistonda ayollar og‘ir yuk ko‘tarishi va tashishida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar normasi ishlab chiqildi 
U mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha vazirlik, idora, korxona, tashkilot va muassasalarda ishlayotgan ayollar mehnatga oid munosabatlarida qo‘llanishi majburiy bo‘ladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ayollarning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar normasini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha qabul qilinishi natijasida ayollar, shuningdek homilador ayollar uchun mehnat jarayonida og‘ir yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklamalarning ruxsat etilgan me’yorlari belgilanishi ta’minlanadi.

Ayollar uchun og‘ir yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklamalarning ruxsat etilgan normalari

Homilador ayollar bel sohasidan yuqori bo‘lgan mehnat predmetlarini ko‘tarish bilan, poldan ko‘tariladigan mehnat predmetlari, oyoq mushaklarini va qorin atrofi mushaklarini pressini statik zo‘riqishini paydo bo‘lishi bilan, majburiy ish holatida turish (cho‘kkalab o‘tirish, tizzasi bilan o‘tirish, egilgan holatda turish, qorni va ko‘kragi bilan asbob-uskunalarga hamda mehnat predmetlariga tayangan holda turish), tanani 15 darajaga burgan holatda turish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishlari mumkin emas.

Shuningdek:

Homilador ayollar uchun oyoq pedalidan foydalanib boshqariladigan asbob-uskunalarda ishlaydigan ishlar, asab-emotsional zo‘riqish bilan kechadigan konveyerdagi majburiy ritmdagi ishlar mustasno qilinadi.

Ushbu normalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarida qo‘llanishi majburiydir.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!