menu
Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi 
Hindiston hukumati bunday tadbirni ilk bor o‘tkazmoqda. Vazirlar nimalarni muhokama qiladi?

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari 28-29-avgust kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Hindiston hukumati bunday tadbirni ilk bor o‘tkazmoqda. Bo‘lajak uchrashuv terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari va tranzit-transport yo‘laklarini optimallashtirish masalalariga bag‘ishlanadi, bunda Shimol—Janub xalqaro transport yo‘lagi (XTY) va Chobahor portiga alohida e’tibor qaratiladi.

Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston allaqachon Eronning Chobahor porti orqali Hindistonga tovarlarni jo‘natib, Shimol — Janub XTY imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda. Hindiston, shuningdek, tabiiy resurslarni, jumladan, eng muhim foydali qazilmalarni sotib olishni ko‘paytirishga intiladi.

Ta’kidlanishicha, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!