menu
O‘zbekistonda 26-fevral kuni 11,3 ming tonna mazut yoqildi — Energetika vazirligi
Kecha mamlakatda rejadagiga nisbatan 5 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 26-fevral kuni elektr stansiyalar orqali 244,6 million kVt·soat, rejadagiga nisbatan 5 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,3 million kubometr tabiiy gaz, 20,7 ming tonna ko‘mir hamda 11,3 ming tonna mazut yoqilgan. Turkmanistondan 22,2 million kVt·soat elektr energiyasi import qilingan.

Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketgani hamda aholi isteʼmolchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 26-fevral kuni ham mamlakat bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 600 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lingan.

Gaz bosimining odatdagidan ko‘ra past ekaniga qaramay, 26-fevral kuni ham uning isteʼmoli yuqoriligicha qolgan. Kecha mazkur miqdor 156,5 million kubometrni tashkil qilgan.

O‘zbekistonga kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi 16-fevraldan boshlangandi. Respublikada havo sovishi ortidan metan zapravkalar ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqida “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati avvalroq ma’lum qilgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!