menu
O‘zbekiston va Ozarbayjonning energetika sohasidagi hamkorligi yanada chuqurlashtiriladi 
Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bitim 2023-yil 22-avgust kuni Boku shahrida imzolangan.

Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!