Ozarbayjon qulagan samolyot bo‘yicha Chechenistondan hech qanday yordamni qabul qilmoqchi emas — OAV
qarashlar
Checheniston rasmiylari “Bokudan Grozniyga uchib ketayotgan AZAL samolyoti halokatida qurbon bo‘llganlar va jarohatlanganlarning barcha oilalariga Ramzan Qodirovning ko‘rsatmasi bo‘yicha moddiy va boshqa yordam ko‘rsatishga tayyorligini” ma’lum qilgan edi.
“Day.Az” sayti Ozarbayjon prezidenti ma’muriyatidagi manbalariga tayanib ma’lum qilinishicha, mamlakat hech qanday yordamga muhtoj emas va buni qabul qilmaydi.
“Ozarbayjon hech qanday yordamga muhtoj emas. Davlat ham, fuqarolar ham bunday yordamni qabul qilishmaydi. Biz o‘z fuqarolarimizga kerakli yordamni hamisha ko‘rsatganmiz va bundan keyin ham ko‘rsatamiz. Ozarbayjon faktni tan olishni, uzr so‘rashni va tegishli tovon to‘lashni talab qilmoqda”, degan prezidenti ma’muriyatidagi manba.
25-dekabr kuni AZAL kompaniyasiga tegishli Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Boku—Grozniy yo‘nalishi bo‘ylab uchib, Oqtov aeroportidan 3 kilometr uzoqlikda qulagan edi.
Samolyot bortida 67 kishi (62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi) bo‘lgan.
Ulardan 38 nafari halok bo‘ldi, 29 nafari omon qoldi. Ekipajning ikkala uchuvchisi va styuardessa halok bo'ldi.
Samolyotning “qora qutisi” allaqachon aniqlangan va uni xalqaro aviatsiya konventsiyalariga muvofiq tahlil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Comments
0 comment