menu
Ortiqcha vazni sababli attraksionga chiqa olmagan amerikalik erkak 11 oy ichida 60 kiloga ozdi
Endilikda 39 yoshli Brayan orzusini amalga oshirgan va istagan attraksionidan foydalanishga ruxsat etilgan

Nyu York shahrida yashovchi 39 yoshli Brayan Klegg butun umri davomida ortiqcha vazn bilan kurashib kelgan. Bir vaqtlar erkakning vazni 185 kilogrammga yetgan. Bunga ortiqcha va tartibsiz ovqatlanish, kamharakat hayot tarzi va fastfud taomlarini haddan ortiq iste’mol qilish sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng Brayan shunchaki piyoda yurishda ham qiynala boshlagan va turli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib qolgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazn sababli vujudga kelgan og‘riqlardan ko‘ra o‘tgan yili unga ko‘ngilochar parkda aytilgan gaplar og‘irroq ta’sir qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil yozida u Koni Aylend parkiga tashrif buyurgan va Amerika tepaliklari (Amerikanskiy gorka) attraksioniga chiqishni istagan. Biroq ortiqcha vazni tufayli unda uchishga ruxsat berilmagan.

Aynan shu kundan e’tiboran Klegg va nihoyat o‘z salomatligi bilan shug‘ullanishga qaror qildi: u shirinliklar va fastfudlardan voz kechdi va haftada uch marta sport zaliga qatnay boshladi. Natijada 11 oy ichida Brayan 60 kg vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. 2024-yil oktyabr oyida esa va nihoyat o‘zining sevimli attraksionida uchish orzusini amalga oshirdi.

“Men birinchi marta Amerika tepaliklariga chiqdim. Keyin tez-tez sayohatga chiqishga, ko‘proq piyoda yurishga va doim faol bo‘lishga odatlandim. Hozirda men o‘zimni juda baquvvat va sog‘lom his qilyapman va mening hikoyam boshqalarga ilhom berishini istayman”, dedi Klegg.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!