menu
O‘ktamjon OXUNOV: Prezidentimizning e’tibori, mehri andijonliklarga shijoat bag‘ishladi (+video)
– Prezidentimizning Andijon viloyatiga bu galgi tashrifi har qachongidan ham samarali bo‘ldi. Xususan, viloyatimizdagi q

Ayniqsa, Asaka tumanidagi tesktil korxonasi, Andijon tumanidagi sanoat xabidagi korxonalar faoliyati yoki andijonlik tadbirkor hamda hunarmandlar tomonidan tayyorlangan rang-barang mebellar ko‘rgazmasini kuzatib, islohotlarning amaliy samaralarini ko‘rdim.  

Bu ishlar albatta, o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bu Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, tadbirkorlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar natijasidir.  

Ayniqsa, odamlarni qiynayotgan muammolarni ijobiy hal etish, turmush farovonligini yuksaltirish, hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash bo‘yicha shakllangan o‘ziga xos, yangi tizim Xonobod shahridagi Yangi hayot mahallasi misolida yaqqol ko‘rindi. Ya’ni, Prezident tashabbusi bilan shakllangan “Mahalla yettiligi”ning samarali faoliyati natijasida ana shu yo‘nalishda muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Ishonch bilan ayta olamanki, bu borada Andijonda olib borilayotgan ishlar, “Andijon tajribasi” butun yurtimizga namuna bo‘ladi.  

Davlatimiz rahbari Xonobod shahrida faollar bilan o‘tkazgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish, Andijon taraqqiyotini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, yangi-yangi korxonalar barpo etish hisobiga aholi bandligini ta’minlash, umuman, viloyatda ishsizlikka to‘la barham berish, odamlarning doimiy daromad manbaini shakllantirish yuzasidan juda ko‘p taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Eng muhimi, ularni amalga oshirish yo‘llari, bosqichlari, muddatlari va moliyaviy manbalarini aniq belgilab berdi. Ana shu ishlarni amalga oshirish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Bularning bari, eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/lZOCYt64NQk" title="O‘ktamjon OXUNOV,  &quot;Nuroniy&quot; uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Prezidentimizning ko‘rsatayotgan e’tibori, ko‘magi, mehri  andijonliklarga ulkan shijoat bag‘ishlaydi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada fidoyi bo‘lishga ruhlantiradi. Ana shu e’tibor katta hayotiy tajribaga ega nuroniylar, mahalla oqsoqollari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Biz – nuroniylar Yangi O‘zbekistonni barpo etish, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol bo‘lib, yurtdoshlarimizni ezgu va xayrli ishlarga safarbar etish, Vatanimiz taraqqiyotini yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.  

F.UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV(foto), O‘zA 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!