16
qarashlar
qarashlar
Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi muhim vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur o‘rganildi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli tahlil qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil iyun oyida “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezidenti qarori bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilishi belgilangan edi.
Comments
0 comment