menu
Odam savdosida ayblangan yana bir o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deportatsiya qilindi
U jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik ayol Istanbulda ushlangandi. 21-fevral kuni u Turkiyadan deportatsiya qilindi.

Bosh konsulxona axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan, 2001-yilda tug‘ilgan ayol M.A. odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023-yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Mazkur fuqaro O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 13-fevral kuni qo‘lga olingandi. 21-fevral kuni u Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Uning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!