menu
Netanyaxu Isroilda Al Jazeera telekanalini yopmoqchi
Dushman kayfiyatidagi ommaviy axborot vositalari faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasi 12-fevral kuni Isroil parlamenti tomonidan birinchi o‘qishda maʼqullangandi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knessetdagi (parlamentdagi) hukmron koalitsiya raisi Ofir Katsdan mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazuvchi xorijiy ommaviy axborot vositalarining efirga uzatilishini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini ma’qullash uchun ovoz berishni ta’minlashni so‘radi.

Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi “Likud” partiyasi vakili bayonotida ma’lum qilindi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, hujjat kuchga kirgandan so‘ng bosh vazir mamlakatda Qatarning Al Jazeera telekanalini yopish tartibini “zudlik bilan boshlash” niyatida. Dushman kayfiyatidagi ommaviy axborot vositalari faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasi 12-fevral kuni Knesset tomonidan birinchi o‘qishda maʼqullangan, shundan so‘ng u parlament komissiyalarida ikkinchi va uchinchi o‘qishda zarur maʼqullashlardan o‘tgan, deb yozadi gazeta.

Hujjatga ko‘ra, Isroil aloqa vaziri agar Mudofaa vazirligi ularning faoliyati “davlat xavfsizligiga haqiqiy zarar yetkazganini” aniqlasa, Isroilda faoliyat yuritayotgan xorijiy OAVni yopish va jihozlarini musodara qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!