menu
Navalniy bilan vidolashuv hafta oxirida bo‘lib o‘tishi mumkin
“29-fevraldagi dafn marosimi haqidagi barcha ma’lumotlar soxta”, — deydi Ivan Jdanov

Aleksey Navalniy bilan ommaviy vidolashuv shu hafta oxiriga rejalashtirilgan va muxolifatchining safdoshlari uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan joyni qidirmoqda. Bu haqda 26-fevral, dushanba kuni Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qilgan, deb xabar berdi DW.

Avvalroq bir qancha Telegram kanallari ham muxolifatchining dafn marosimi 29-fevralga belgilangani haqida xabar bergan edi.

Aleksey Navalniyning o‘limi haqida 16-fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasi ma’lum qilgan. Siyosatchining jasadi onasi Lyudmila Navalnayaga faqat 24-fevral kuni berilgan. Bundan oldin tergovchilar uni shantaj qilib, yashirin dafn marosimini o‘tkazishni talab qilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!