qarashlar
NATOning Kiyevga qurol yetkazib berishi rejalari bu harbiy blokning Ukraina mojarosiga bevosita aloqadorligini ko‘rsatadi. Bu haqda 21-fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi. TASS nashri bu haqda xabar bermoqda.
Zaxarova o‘z nutqida 14-fevral kuni Ramshteyn doirasida NATOning Bryusseldagi qarorgohida Ukraina mudofaa aloqa guruhining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tganiga eʼtibor qaratgan. Unga ko‘ra, Ukrainaning G‘arb bilan so‘nggi aloqalari NATOni keskinlikka bilvosita emas, bevosita aloqadorligini ko‘rsatmoqda.
Rossiya tashqi ishlar idorasi vakiliga ko‘ra, Ukraina Germaniya, Fransiya va AQSH boshchiligida “havo hujumidan mudofaa” koalitsiyasini shakllantirgan. Mazkur koalitsiyaga jami 15 davlat qo‘shilgan. Minalardan tozalash bo‘yicha hamkorlikni esa yigirmata davlat qabul qilgan.
Comments
0 comment