menu
“Mushtum” jurnali o‘z faoliyatini davom ettirishi maʼlum qilindi
Xabar berilishicha, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar hamda iqtisodiy muammolar ijobiy tomonga hal etilgan

“Mushtum” jurnali va uning barcha internet tarmoqlari o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda jurnalning Telegram kanalida maʼlum qilindi.

Kecha, 6-mart kuni O‘zbekistonda 101 yildan beri chop etib kelinayotgan “Mushtum” jurnali faoliyati to‘xtatilgani aytilgan edi

Xabar berilishicha, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar hamda iqtisodiy muammolar ijobiy tomonga hal etilgan. 

“Jurnalning taqdiriga befarq bo‘lmaganingiz va chin dildan qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga tashakkur!”, — deyiladi xabarda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!