qarashlar
Lionel Messi xitoylik muxlislariga nima uchun Gonkongda o‘ynamaganini tushuntirib berdi. Bu uchrashuv 4-fevral kuni Gongkong yulduzlariga qarshi bo‘lib o‘tgan.
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i uchun videolavha yozib, u Gonkong chempionati yulduzlariga qarshi o‘yinda ishtirok etmagani siyosiy sabablar bilan bog‘liq emasligini aytib o‘tdi.
“Gonkongdagi o‘yindan keyin ko‘p tanqidlarni o‘qidim. Kimdir yolg‘on gaplarga ishonmasligi uchun videomurojaat qilishga qaror qildim.
Siyosiy va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra o‘ynashni istamaganim haqida xabarlarni ko‘p eshitdim, lekin bu mutlaqo yolg‘on. Agar shunday bo‘lganida Yaponiya yoki Xitoy davlatiga ko‘p sayohat qilmasdim. Faoliyatimning boshidanoq men Xitoy bilan juda yaqin munosabatdaman.
Matbuot anjumanida aytganimdek, mushaklarimda og‘riq bor edi va aynan shu sabab Saudiya Arabistonidagi birinchi o‘yinda maydonga tusha olmadim. Ikkinchi o‘yinda men maydonga tushdim, ammo bu narsa mening ahvolimni yomonlashtirdi. O‘yindan bir kun oldin Gongkongda mashg‘ulotlarni tomosha qilish uchun kelganlarning barchasini xursand qilish uchun mashg‘ulotlarga kirishdim.
Bir necha kundan so‘ng o‘zimni biroz yaxshi his qildim va shuning uchun ham Yaponiyada o‘ynay oldim”, — deya vaziyatni izohladi Messi.
Comments
0 comment