qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 15:28 4688 3 daqiqa o‘qiladi Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildiShavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, u hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda investitsiya va eksport mavzusida bo‘lib o‘tayotgan prezident selektorida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, Mahmudaliyev ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan olingan.
Akmaljon Mahmudaliyev 2022 yil 26 noyabrdan buyon Sirdaryo viloyatini boshqarib kelayotgandi. U faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.
16 yanvar kungi prezident selektorida, shuningdek, 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygan.
«O‘tgan yili Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan. Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Quyidagi hokimlarga hayfsan jazosi berilgan:
Endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi.
Bunda bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.
Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
15:18
20:01 / 10.01.2025
10:22 / 10.01.2025
14:59 / 06.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment