qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 14:48 5 3 daqiqa o‘qiladi Turkiya kompaniyasi Samarqand–Buxoro pulli avtomobil yo‘li qurilishida ishtirok etmoqchiTurkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kompaniya Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan o‘tuvchi yangi Samarqand–Buxoro tezyurar pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etmoqchi. Loyiha qiymati 1 mlrd dollarga baholangan bo‘lib, u 2027−2030 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Foto: IMV
15 yanvar kuni Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Rexa Denemech hamda bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IMV axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik dasturlari asosida transport infratuzilmasini takomillashtirish, xususan, avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish, turk kompaniyasining sohadagi tajribasi, jumladan, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aeroportlar qurish yo‘nalishida shakllantirilgan loyihalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tgan.
Suhbatda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan o‘tuvchi yangi Samarqand–Buxoro tezyurar pulli avtomobil yo‘lini qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan anglashuv memorandumi imzolangan.
Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari, DXSh mexanizmlaridan samarali foydalanish, sohada jahonning ilg‘or va muvaffaqiyatli tajribalaridan keng foydalanish yuzasidan fikr almashgan.
Ma’lumot uchun, “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi 55 yillik tajribaga ega. U Turkiya va boshqa davlatlarda DXSh asosida avtomobil yo‘llari, tunnellar, ko‘priklar hamda turli yirik inshootlarni qurishda ishtirok etgan. Xususan, kompaniya tomonidan DXSh asosida Istanbul shahrida umumiy uzunligi 150 km avtomobil yo‘li, dengiz ustida 1,5 km uzunlikdagi “Yavuz Sulton Salim” nomli bosfor ko‘prigi qurilgan. Amalga oshirilayotgan yirik loyiha qatoriga Vetnamda qurilayotgan yangi aeroport ham kiradi.
10:00
10:30 / 14.01.2025
17:15 / 12.01.2025
14:11 / 09.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment