menu
Mamadu Diavara ro‘za tutish taqiqi sabab Fransiya U-19 safini tark etdi
Diavara o‘rniga “Nant” klubi a’zosi Assumani terma jamoa safiga chaqirildi

Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Le Figaro nashriga bergan intervyusida milliy jamoa bazasida Ramazon oyida ro‘za tutishni taqiqlovchi yangi qoidalarni e'lon qilib, ularni tashkilot nizomida belgilangan betaraflik tamoyiliga rioya qilish bilan izohlagandi.

Taqiq U16 dan boshlab barcha yoshdagi Fransiya milliy jamoalariga tegishli.

ESPN xabariga ko‘ra, 19 yoshli forvard yangi qoidalar tufayli o‘zini noqulay his qilgani uchun terma jamoa safini tark etib, o‘zi o‘ynayotgan “Lion” klubiga mashg‘ulotlariga qaytgan. Diavara o‘rniga “Nant” klubi a’zosi Assumani terma jamoa safiga chaqirildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!