menu
Liga 1. Bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan “PSJ” “Marsel” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi 
Parijliklar prinsipial raqibini mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 27-turida “PSJ” 31-mart, yakshanba kuni “Marsel”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Biroq, 40-daqiqada parijliklar futbolchisi Lukas Beraldo qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “PSJ” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa Vitinya hisobni ochdi. O‘yin so‘ngida esa Ramush hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa “PSJ” 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Luis Enrike shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 62 taga yetkazdi va musobaqa peshqadamligini yanada mustahkamladi. 2-o‘rinda borayotgan “Brest” hisobida 50 ta gol mavjud. 

Liga 1

27-tur bahsi

31-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 – 53 Vitinya, 0:2 – 85 Gonsalu Ramush.

“Marsel”: Lopes, Garsiya, Mbemba (Jigo, 51), Balerdi (Unai, 73), Merlen, Kondogbia (Guye, 61), Veretu, Xarit, Ndiay (Pemi, 61), Luis Enrike, Obameyang.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Danilu Pereyra, Lukas Beraldo, Ernandes, Fabian Ruis (Ugarte, 65), Vitinya, Zair-Emeri (Shkrinyar, 77), Dembele (Asensio, 65), Mbappe (Gonsalu Ramush, 65), Kolo-Muani (Li Kan In, 46).

Ogohlantirishlar: Lukas Beraldo (15), Ernandes (38), Danilu Pereyra (40), Donnarumma (45).

Chetlatish: Lukas Beraldo (40).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!