menu
La Liga. “Real” Rodrigoning dubli evaziga “Atletik”ni mag‘lub etdi 
Madridliklar chempionat peshqadamligini mustahkamladi

Futbol bo‘yicha La Liganing 30-turi doirasidan o‘rin olgan “Real” — “Atletik” uchrashuvi 31-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq madridliklar hisobni ochdi. Rodrigo ajoyib reyd uyushtirib, uzoqdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim “qaymoqranglilar”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik qilgan “Real” yana bir bor darvozani aniq nishonga oldi. Bu safar ham braziliyalik futbolchi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yin yakuniga qadar ishonchli hisob saqlanib qoldi va “Real” g‘alaba qozondi.

Karlo Anchelotto shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 75 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi.

La Liga

30-tur

31-mart, yakshanba

“Real” – “Atletik” 2:0

Gollar: 1:0 – 8 Rodrigo, 2:0 – 73 Rodrigo.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Kamavinga, 81), Valverde (Vaskes, 81), Tchuameni, Bellinghem, Braim Dias (Xoselu, 72), Rodrigo (Modrich, 81).

“Atletik”: Agirresabala, De Markos (Berchiche, 57), Yeray Alvares (Vivian, 25), Paredes, Lekue, Prados (Ruis de Galarreta, 57), Vesga, Sanset (Muniain, 76), Berenger, Uilyams, Guruseta (Ares, 58).

Ogohlantirishlar: Tchuameni (57), Nacho (71), Ruis de Galarreta (87).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!