qarashlar
XI asr zamonaviy insonlari yildan yilga har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Salomatlik haqida qayg‘uradigan kishilar esa badantarbiyaga va tez-tez sayr qilishga odatlangan. Aslida, kuniga necha qadam yurish kerak? Maqolada bunga oydinlik kiritamiz.
Jiddiy sport turi bilan shug‘ullanmasdan turib ham sog‘lom turmush tarzini kechirish mumkin, buning uchun kunlik qadamingizni hisoblab borish yordam beradi. Bunda yosh, umumiy sog‘liq holati va jismoniy imkoniyatlar kabi omillarni hisobga olish darkor.
18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ko‘proq harakatda bo‘lish va 10-15 ming qadam yurish tavsiya etiladi, chunki yosh organizm hali kuchga to‘la hisoblanadi. Bunday katta farqni mutaxassislar quyidagicha tushuntiradi: yosh bolalar, o‘smirlar va balog‘atga yetganlar jismoniy harakati va suyaklar rivojlanish darajasi tubdan farq qiladi. Shuning uchun o‘rtacha hisob har bir inson uchun individual tarzda olinadi.
Yosh o‘tgani sari organizm sustlashadi, suyaklar mo‘rtlashadi. Mazkur faktlarni hisobga olgan holda 60 yoshdan oshgan shaxslarga o‘rtacha 3-10 mingta qadam yurish tavsiya etiladi.
Kundalik qadamlar sonini ko‘paytirish uchun tavsiyalar
Tez-tez sayrga chiqish
Toza havoda sayr qilish nafaqat jismoniy harakat qilishga undaydi, balki kayfiyatingizni ko‘taradi. Sayr uchun eng yaxshi vaqt nonushtadan so‘ng yoki tushlikdan so‘nggi paytlardir.
Telefonda suhbatlashayotgan vaqtda o‘tirmaslik
Ofisda va kompyuter qarshisida ishlaydiganlar uchun kunlik qadam normasini bosishning aksariyat hollarda iloji bo‘lmaydi. Shuning uchun telefonda so‘zlashganda xonada biroz yurish maqsadga muvofiqdir.
Mashinani manzildan uzoqroq joyda to‘xtatish
Borar joyingiz xoh ishxona, xoh do‘kon bo‘lsin, mashinangizni biroz manzilga uzoqroq joyda to‘xtating. Bunday tarzda piyoda yurish kunlik yetishmayotgan qadamlar o‘rnini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Comments
0 comment