12
qarashlar
qarashlar
Davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridi bekor qilindi.
Xabar berilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilarining umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi:
Ushbu davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmachilarga agentlikning taqdimnomalari kiritilib, Xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalari bekor qilindi.
Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Comments
0 comment