menu
Konor Makgregor ishtirokidagi “Yo‘l bo‘yidagi uy” Amazon tarixidagi eng yaxshi start olgan filmga aylandi
Ushbu film 1989-yilda ishlangan, Patrik Sueyzi bosh rolni ijro etgan kartinaning remeyki hisoblanadi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ishtirokidagi “Yo‘l bo‘yidagi uy” filmi Amazon loyihalari ichida eng yaxshi startni oldi.

Film 21-mart kuni strim xizmatlariga chiqarildi va dastlabki o‘n kunlikda ko‘ruvlar soni 50 millionga yetdi. 

Bu Amazon MGM Studios tarixidagi eng yaxshi start hisoblanadi.

Avvalroq “Yo‘l bo‘yidagi uy” rejissori Dag Layman Amazon filmni kinoteatrlarga chiqarmagani uchun premyeraga boykot e’lon qilmoqchiligi xabar qilingandi.

Bosh rolni ijro etgan Jeyk Jillenhol rejissorning bu gaplarni aytganini rad etdi. Filmda Konor Makgregor Noks rolini ijro etgan. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu film 1989-yilda ishlangan, Patrik Sueyzi bosh rolni ijro etgan kartinaning remeyki hisoblanadi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!