menu
Koinotda rekord darajadagi yorqin va tez kattalashadigan qora tuynuk aniqlandi
Astronomlar u har kuni Quyoshga teng bo‘lgan massani yutishini ma’lum qildi

Astronomlar koinotdagi eng yorqin va tez kattalashadigan qora tuynukni aniqladi. Bu haqda Yevropa janubiy laboratoriyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu ilgari kashf etilgan J0529-4351 kvazar (atrofidagi hamma narsani intensiv ravishda so‘ruvchi qora tuynuk) hisoblanadi. U Yerdan 12 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va Quyoshdan 600 trillion marta yorqinroq. Ushbu qora tuynuk atrofidagi diskining diametri Quyosh va Neptun orasidagi masofadan 15 ming baravar ko‘p va bu rekord hisoblanadi. J0529-4351 ning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning nurlanishiga boshqa galaktik yadrolarning gravitatsion linzalari ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ushbu kvazardagi qora tuynuk hajmi 17 milliard quyosh massasiga teng va kuniga taxminan bir quyosh massasini yutadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kvazarlarni aniqlash oson ish emas, bunga ko‘pincha sun’iy intellekt modellari yordam beradi. Kvazarlar birinchi marta 1963-yilda kashf etilgan. O‘shandan buyon aniqlangan bunday kosmik obyektlar soni millionga yetdi. J0529-4351 ning xususiyatlari olimlarga yaqin kelajakda katta qora tuynukning massasini aniqlashga, shuningdek uning o‘z o‘qi atrofida aylanishini kuzatishga yordam beradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!