qarashlar
O‘zbekiston 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat – xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirmoqchi. Bu haqda prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan G‘ulomov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Bugun, 29-fevral kuni Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat – xususiy sheriklikni (DXSH) rivojlantirish maqsadlariga doir davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Muloqotda 200 dan ortiq davlat organlari vakillari, mahalliy va xalqaro moliya institutlari ekspertlari hamda investorlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda prezident maslahatchisi Ravshan G‘ulomov 2030-yilgacha O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingani, bu natijaga erishishda xususiy sektorning faol ishtiroki muhimligini aytdi.
Davra suhbatida ekspertlar mamlakatda DXSH sohasini rivojlantirishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi borasida fikr–mulohazalarini bildirmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi muloqotdan olingan g‘oya va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish niyatida ekanini maʼlum qildi.
Comments
0 comment