menu
“Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”. Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi
Kariyev “Dok-1 Maks” sudida sirop bo‘yicha hech qanday aybi yo‘qligi uchun pushaymonlik xati ham yozmagan. Faqat bitta ariza yozgan, — dedi advokat Rahmatov

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudning navbatdagi majlisida Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.Kariyevning advokati Temur Rahmatov prokurorning muzokara so‘zidagi ma’lumotga replika (sud jarayonida biror tomonning qarshilik, norozilik bildirishi) qildi. 

Sudya advokatga “Aynan qaysi arizani nazarda tutyapsiz? Jabrlanuvchilarga yordam bermoqchi ekani haqidagi arizanimi?”, deya savol berdi. Advokat “Ha, Kariyevning o‘zi ham ota bo‘lgani uchun, uch nafar farzandi borligi uchun jabrlanuvchilarga chin dildan yordam bermoqchi edi, biroq bu noto‘g‘ri talqin qilindi”, deya javob qaytardi. 

Sud ayni paytda sudlanuvchilarga so‘z berdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!