19
qarashlar
qarashlar
Aktyor so‘nggi 5 yil davomida yon amiotrofik skleroz kasalligidan aziyat chekib kelgan
Gollivud aktyori Kennet Mitchell 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Pravila jizni” aktyor qarindoshlarining Instagram’dagi xabariga tayanib yozmoqda. Aktyor “Kapitan Marvel”, “Yulduzli yo‘l: Diskaveri” filmlari bilan ommaga tanilgan edi.
“Kapitan Marvel”da Kennet bosh qahramonning Jozef Denvers ismli otasi rolini o‘ynagan. “Yulduzli yo‘l: Diskaveri”da esa u Kol ismli qo‘mondon obrazini gavdalantirgan. Shuningdek, marhum “Iyerixon” va “Mo‘jiza” filmlarida suratga tushgan. Kennet Mitchell rafiqasi bilan ikki voyaga yetmagan farzandini tarbiyalayotgan edi.
Comments
0 comment