menu
JSST Qozog‘istonga 46 mln dollar ajratdi. U nimalarga sarflanadi?
Ushbu mablag‘lar Jahon bankining pandemiya jamg‘armasidan olinadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozog‘istonga 46 million dollar ajratdi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli summa nimalarga sarflanishini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

 

18-fevral kuni Ostonada sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova, BMTning Qozog‘istondagi doimiy koordinatori Mikaela Friberg-Stori, JSSTning Qozog‘istondagi vakili Skender Sil ishtirokida pandemiya fondi ishga tushirildi.

Qozog‘iston uch yil davomida 19 million dollarlik davlat granti va 27 million dollarlik multidavlat grantini olgan JSSTning Yevropa mintaqasidagi 36 davlatdan biri bo‘ldi.

Pandemiya foniga yo‘naltirilgan ushbu mablag‘lar Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimida epidemiologik nazorat, chegara nazorati, laboratoriya xavfsizligi, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, kadrlar tayyorlash sohasidagi muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!