menu
Jahon hafta ichida: olovda raqs tushayotgan armanlar, dinorga qarshi serblar, Rafohdan qochayotgan falastinlik oila, sud zalidagi Tramp (surat)
Dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan o‘ziga xos, qiziqarli va diqqatga sazovor voqealarga, ayniqsa, suratlar yor

Demak, “Jahon hafta ichida” rukni orqali o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan dunyo voqealari qisqacha tafsilotini e’tiboringizga havola etamiz.

Vengriyaning Mohach shahrida tashkil etilgan an’anaviy Buso karnavalida niqob kiygan odam olov atrofida raqsga tushishga hozirlik ko‘rmoqda.

Parijda, Adliya vazirligi binosi oldida o‘tkazilgan motam marosimida Fransiyaning sobiq adliya vaziri Robert Badinterning tobutini Miliy gvardiya xodimlari ko‘tarib turishibdi. 95 yoshida vafot etgan Badinter mamlakat qonunchiligida o‘lim jazosiga taqiq joriy etishda asosiy tashabbuskor bo‘lib, ko‘plab insonlar hayoti saqlab qolinishiga erishdi.

Kramatorskdagi temir yo‘l vokzalida ukrainalik askar qisqa tanaffus vaqti uni yo‘qlab frontga kelgan rafiqasi bilan xayrlashmoqda.

Pokiston politsiyasi Lahorda sobiq Bosh vazir Imron Xonning “Pokiston Tehrik-e-Insaf” partiyasi tarafdorlarini hibsga olmoqda.

Indoneziyaning Kanekes qishlog‘i aholisi mamlakatdagi prezidentlik va parlament saylovida ovoz berishdan oldin saylov uchastkasida nomzodlar bilan tanishmoqda.

Kosovolik serblar Mitrovitsada Markaziy bankning naqd pul amaliyoti uchun serb dinoridan foydalanishga qaratilgan qaroriga qarshi norozilik namoyishida qatnashmoqda.

Ruminiyalik Valentina Kambel Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionatida tosh ko‘tarmoqda.

Rafoh shahridan G‘azo sektori markaziy qismiga qarab ko‘chib ketayotgan falastinlik oila.

Moskva hayvonot bog‘ida muzlagan hovuzga to‘plangan o‘rdaklar.

Tolibon harbiylari Kobul aeroportida Guantanamo qamoqxonasidan ozod qilingan afg‘on mahbuslarini kutib olish marosimida ishtirok etmoqda.

Armanlar Yerevandagi Avliyo Anna cherkovi oldida xristianlarning “Trndez” nomli poklanish bayramini nishonlamoqda.

13 fevral kuni bolgariyalik fermerlar Sofiyada qishloq xo‘jaligi subsidiyasi va qonunchiligiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi.

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp 15 fevral kuni Nyu-York shahridagi sud majlisida ishtirok etdi. Unga jami 34 ta ayb qo‘yilgan.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!