menu
Isroilda muxolifat vakili Livanga qarshi urush boshlashga chaqirdi
Muxolifatchi fikriga ko‘ra, hozirga qadar Isroil Livan guruhi hujumlari sabab mamlakat shimolidagi 80 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilgan

Isroillik muxolifatchi qonunshunos Avigdor Liberman Binyamin Netanyaxu kabinetini Livanga qarshi urush olib borishga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, muxolifat vakili “Hizbulloh” ning Isroil chegara zonasiga hujumlari tugamayotganidan xavotir bildirgan. Mamlakatga kelayotgan xorijiy xavfni bartaraf etish uchun esa “Hizbulloh”ga yalpi hujum qilishga chaqirgan.

Muxolifatchi fikriga ko‘ra, hozirga qadar Isroil Livan guruhi hujumlari sabab mamlakat shimolidagi 80 mingdan ortiq aholini ko‘chirgan. Aholini evakuatsiya qilish hali ham davom etmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!