qarashlar
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Zulfiya Raimqulova 35 daqiqa “morg”da yotishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
Xonanda Lola 2020-yilning 30-mart kuni vafot etgan otasi, taniqli prodyuser Ravshan Yo‘ldoshevni xotirladi. “Bugun onamning tug‘ilgan va otamning tuproqqa qo‘yilgan kuni. Biz har yili onamning tug‘ilgan kuniga yig‘ilgan qarindoshlarimiz bilan birga otamni xotirlaymiz. Hatto shu yerda ham taqdir ularni manguga bog‘ladi”, deb yozadi xonanda.
Taniqli kinorejissyor Zebo Navro‘zova mashinada o‘g‘li Shohruxxonning klipini tomosha qilib ketarkan, Yaratgandan unga shifo so‘radi. “Allohim sevgan insoniga sinovlar berarkan. Tangrim, o‘tinib so‘rayman shifo ber o‘g‘limga”, deb yozadi Zebo Navro‘zova.
“Qahqaha” kulgi jamoasi aktyori Sohib Hasanov nabiralari soni yana bittaga ko‘paygani haqida yozdi.
31-mart sanasida taniqli xonanda Jasur Umirov 38 yoshni qarshi oldi.
Taniqli turk aktrisasi Meryem Uzerli tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Durdona Qurbonova fursatdan foydalanib sevimli aktrisasi bilan uchrashdi.
Luiza Rasulova London sayohatidan lavhalarni sahifasiga joyladi.
Taniqli bloger Jahongir Latipov onasining eng katta orzularidan birini amalga oshirib, unga Gollivud yulduzlarinikidek garderob sovg‘a qildi.
Comments
0 comment