menu
Inson bilan davlat organlari o‘rtasidagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi 
O‘zbekistonning “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha kiritildi

Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi. (bundan qonunchilikda ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno)

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!