menu
“Holat o‘rganilmoqda” — Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” zapravkalari xususiylashtirilishi haqida
Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li “O‘zbekneftgaz” zapravkalari egasiga aylangandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi UNG Petro kompaniyasining xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganmoqda. Bu haqda 20-mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev maʼlum qildi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayevning aytishicha, mazkur masala o‘rganilmoqda. 

Avvalroq sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli Petroleum Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylangani haqida xabar berilgandi.

Bunga qadar zapravkalarning egasi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bo‘lgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023-yil may oyida 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro MCHJ xususiylashtirilishini eʼlon qilgan edi.

Petroleum Technology Group kompaniyasi hozirgacha UNG Petro’ni qachon va necha pulga sotib olgani haqida xabar bermagan.

Maʼlumot uchun, D.Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan Metropol Group MCHJning ham yagona taʼsischisi hisoblanadi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu borada fikr bildirar ekan, “Davaktiv O‘zbekistondagi eng yirik zapravka tarmog‘ini yana imi-jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan ‘egasiga’ topshirib qo‘ya qolgan ko‘rinadi”, deya yozmoqda

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!