menu
“Hech narsa to‘xtata olmaydi”: Isroil hukumati G‘azo janubiga hujum qilish rejalarini tasdiqladi
Netanyaxu hatto AQSH bosimi ham Rafahda operatsiya boshlashga to‘siq bo‘lmasligini ta’kidladi

Isroil hukumati G‘azo sektori janubiga hujum qilish rejalarini tasdiqladi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil sektor janubidan aholini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. U Rafahdagi HAMASning yo‘q qilinishi “g‘alaba uchun muhim” ekani, aks holda Isroil “ekzistensial tahdid”ga duch kelishini aytdi.

U hujum operatsiyasi qachon boshlanishi mumkinligini aytmadi.

Mart oyi boshida AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilni Rafahdagi hujum operatsiyasidan ogohlantirgandi. U hujum Netanyaxu uchun “qizil chiziq” bo‘lishini ta’kidlagandi. Shunga qaramay, 15-mart kuni Netanyaxu Rafah shahrida operatsiya rejasini tasdiqladi.

22-mart kuni Isroilning strategik masalalar bo‘yicha vaziri Ron Dermer Vashington bilan munosabatlarga putur yetkazgan taqdirda ham Isroil Rafahga bostirib kirishini aytdi. 29-mart kuni The Washington Post gazetasi manbalarga tayanib, Rafah shahridagi quruqlikdagi operatsiyadan xavotirga qaramay, AQSH Isroilga milliard dollarlik bomba va qiruvchi samolyotlar berilishini ma’qullagani haqida xabar berdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!