qarashlar
Doimiy stress va kamharakat hayot tarziga to‘la zamonaviy dunyoda har qanday yoshda sog‘liq haqida qayg‘urish muhimdir. Umumiy sog‘lig‘imizni yaxshilashning eng oson va xarajatsiz usuli bu piyoda sayr qilish hisoblanadi.
Quyidagi maqolada nima uchun doimiy sayr qilish sog‘lom hayot manbai ekanligi haqida ma’lumot beramiz.
Har kuni bir soatdan piyoda yurishning qanday foydasi bor?
Toza havoda sayr qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash va qon aylanishini yaxshilash uchun zarur. Bunday odat arterial gipertenziya va insult rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Muntazam piyoda yurish kayfiyatni ko‘tarib, organizmning umumiy ahvolini yaxshilaydi, mushak va suyaklarni mustahkamlaydi, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi.
Bundan tashqari, piyoda yurish ruhiy salomatlikni yaxshilaydi: sayr stress va tushkun kayfiyatni yengishga yordam beradi. Piyoda yurish vaqtida endorfinlar — baxt gormonlari ishlab chiqiladi va kundalik muammolardan ozgina bo‘lsa-da chalg‘ishga ko‘maklashadi.
Sayr vaqtini mazmunli va manfaatli o‘tkazish uchun audiokitoblar, turli podkastlar eshitish mumkin.
To‘g‘ri yurishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Va eng asosiysi: piyoda sayr qilishni bugundan boshlang — bunday tanlovdan afsuslanmaysiz!
Comments
0 comment