qarashlar
Fransiya Xitoyni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga ta’siridan foydalanishga chaqirmoqda, deya Euronews xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xabar Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurnening Pekinga tashrifi chog‘ida yangragan. Diplomat xitoylik hamkasbi Van Yi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Euronews’ga ko‘ra, Parij Pekinga Rossiya—Ukraina urushidan keyin Moskva bilan chuqurlashgan munosabatlari yuzasidan bosim o‘tkazmoqda.
Uchrashuv kun tartibida savdoga oid masalalar ham mavjud. Fransiya Yevropa bozoriga kirib kelayotgan Xitoyning arzon elektromobillari mahalliy avtosanoatga zarba berishi va ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib kelishidan xavotirda.
Sejurne Pekinga Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Fransiyaga shu bahorda rejalashtirilgan uchrashuvi oldidan tashrif buyurmoqda.
Comments
0 comment