menu
Fransiya 46 ta davlatdan Olimpiya o‘yinlarida xavfsizlikni ta’minlashda yordam so‘radi
Fransiya Mudofaa vazirligi so‘roviga 35 ta davlat ijobiy javob berdi. So‘rovdan tashqari Isroil va AQSH qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari yuboradi

Fransiya 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari xavfsizligini taʼminlash uchun 46 davlatdan yordam so‘radi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Murojaatda ushbu davlatlardan 2000 dan ortiq huquq-tartibot xodimlarini taqdim etish so‘ralgan. Hozirgacha 35 davlat ijobiy javob bergani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, muntazam huquqni muhofaza qilish organlaridan tashqari, Fransiya Mudofaa vazirligi xorijiy davlatlardan o‘yinlarda “juda aniq” vazifalarni bajarishda yordam bera oladigan “aniq sonli” harbiy xizmatchilarni, jumladan, itlar jamoasini so‘ragan.

Fransiya tadbirda himoyani kuchaytirish uchun har kuni taxminan 45 ming politsiya va xavfsizlik kuchlarini, 20 ming xususiy qo‘riqchi va 15 mingga yaqin harbiyni joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligi Fransiya hukumatidagi manbaga tayanib, ayni damda 35 davlat yordam berishga tayyorligini bildirganini xabar qilmoqda. Mazkur so‘rovlardan tashqari, Isroil va AQSH o‘z xavfsizlik kuchlarini ham jo‘natadi.

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari Fransiyada o‘tkaziladigan eng yirik tadbirga aylanadi. O‘yinlarni dunyo aholisining yarmidan ko‘pi tomosha qiladi. Musobaqada 22 ta shahar ishtirok etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!