13
qarashlar
qarashlar
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish haqidagi bayonotlariga izoh berdi
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Yelina Valtonen Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno etmadi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Valtonenning taʼkidlashicha, hozirgi bosqichda Finlyandiya rahbariyati qo‘shin yuborish masalasini muhokama qilishga tayyor emas, biroq “uzoq muddatda” bunday qaror qabul qilinishi mumkin.
Valtonen Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish haqidagi bayonotlariga izoh berdi. U mazkur bayonot xato bo‘lmaganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Makronning so‘zlari “Rossiyani Ukraina tarafdorlari nimaga tayyor ekanini taxmin qilishga majbur qilgan”.
Comments
0 comment