menu
FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Kuchli yuztalikda 4 nafar shaxmatchimiz bor
Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan

Jahon shaxmat federatsiyasi mart oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi reytingda 11-o‘rinni egallagan edi. Javohir Sindorov 50-o‘ringa tushib ketdi. Uning avvalgi qayd etgan natijasi — 36-o‘rin bo‘lgan. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (48-o‘rin) hamda Nodirbek Yakubboyev (75-o‘rin) o‘rin olgan. 

E‘tiborlisi, Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov oltinchi egallab turibdi. U mart oyida beshinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilgan Prague Chess Festival 2024 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin sohibi bo‘lgan edi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!