menu
Farg‘onada noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan fermer xo‘jaligi davlatga 12 mlrd so‘m zarar yetkazdi  
Shuningdek, fermer xo‘jaligining muzlatkich omborida 79 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 milliard so‘m zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “F.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Oltiariq” qum-shag‘al aralashmasi konidan xo‘jalikka biriktirilgan qismidan tashqari hududdan o‘zboshimchalik bilan 26 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Shuningdek, fermer xo‘jaligining muzlatkich omborida 79 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!