menu
Farg‘onada 5 kishini urib qochib ketgan Cobalt haydovchisi qamoqqa olindi 
Ulardan ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgandi, shifoxonaga olib ketilgan yana ikki kishi ham vafot etdi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Cobalt yo‘l chetida ketayotgan besh nafar piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati qo‘shimcha maʼlumot berdi

Unga ko‘ra, 20-fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobaltʼni Qo‘qon—Mulkobod—Gulbog‘ Pungan avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodani urib yuborgan va hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda fuqarolar O‘.I. va K.I.lar hodisa joyida vafot etgan. Biroq malakali tibbiy yordamga qaramasdan, D.I. va O‘.Y.lar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan Sh.V.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!